CHET TILLARNI BILISH DARAJASINI ANIQLASH VA MALAKA SERTIFIKATLARINI BERISH UCHUN TEST SINOVLARI E€€€LON QILINDI
2017 yil 21-22 noyabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to’g’risida”gi 352-sonli qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkazildi.
Test sinovining natijalari http//nsfla.uz-saytida e´lon qilindi.
Test sinovlari CEFR talablari asosida B1, B2 darajalari uchun ingliz tilidan, B2 darajalari uchun arab, koreys, xitoy va yapon tillaridan o`tkazildi.
79 nafar talabgorlardan 45 (57,0%) nafari ijobiy natijalarga erishdi, jumladan ingliz tili bo’yicha B1 darajasiga 6 nafar (60,0%), B2 darajasiga 24 nafar (50,0%), arab tili bo’yicha B1 darajasiga 1 nafar (100%), B2 darajasiga 8 nafar (61,5%), yapon tili bo’yicha B2 darajasiga 1 nafar (100%), koreys tili bo’yicha B2 darajasiga 3 nafar (100%), xitoy tili bo’yicha 2 nafar (66,7%).
Ushbu test natijalari bo`yicha ijobiy natijaga erishgan nomzodlarga davlat namunasidagi sertifikatlar beriladi.
Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatga olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida (nsfla.uz) davom etmoqda.
Axborot xizmati.