MAGISTRLAR TAYYORLOVCHI OTMLAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-sonli qarori ijrosi yuzasidan Oliy ta'lim muassasalari magistrlari va ularni tayyorlash bilan band bo‘lgan pedagog kadrlarning malaka darajasini baholashga oid test sinovlari 2017 yil noyabr-dekabr oylarida o’tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Test sinovlari umummetodologik fanlar blokidagi “Axborot tizimlari”, “Õorijiy til” fanlaridan hamda mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Test sinovlariga barcha bitiruvchi kurs magistratura talabalari va shu fanlardan dars beradigan professor-o‘qituvchilar jalb etiladi.
Axborot xizmati