Diqqat! Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ta€€€lim tayyorgarligi darajasi monitoringi
2016 yil 23 may-15 iyun kunlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining umumta’lim fanlari bo’yicha ta’lim tayyorgarligi darajasi va sifati monitoringi o’tkazilishi belgilangan.
Mazkur tadbir 2016 yil 23-25 may kunlari Toshkent viloyati,Toshkent shahri hamda Sirdaryo viloyatlarida o’tkazildi. Joriy yilning 01-15 iyun kunlari qolgan viloyatlarda monitoring davom ettiriladi.
Monitoringga jalb qilinadigan ta’lim muassasalari hududiy boshqarmalarda qur’a tashlash orqali aniqlab olinadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 1 tadan AL va 7 tadan KHKlari monitoringda qatnashadi. Monitoring jarayonida bitta bitiruvchi bosqich guruhi tanlab olinib, o’quvchilar “Matematika”, “Biologiya”, “Xorijiy til” fanlaridan 12 tadan (jami 36 ta) savoldan iborat test sinovlari topshiradilar.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida monitoring o‘tkazish muddatlari
Monitoring o‘tkazish muddatlari |
Hudud nomi |
06.06.2016 |
Surxondaryo viloyati |
07.06.2016 |
Qashqadaryo viloyati |
08.06.2016 |
Buxoro viloyati |
09.06.2016 |
Navoiy viloyati |
10.06.2016 |
Samarqand viloyati |
11.06.2016 |
Jizzax viloyati |
13.06.2016 |
Andijon viloyati |
14.06.2016 |
Farg‘ona viloyati |
15.06.2016 |
Namangan viloyati |
01.06.2016 |
Xorazm viloyati |
02.06.2016 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
Izoh. Monitoring guruhiga hududiy boshqarmalardan mas'ul xodimlar va jamoatchi ekspert sifatida OTMlar professor-o‘qituvchilari jalb qilinadi.
Axborot xizmati