Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun navbatdagi test sinovlari o€€€tkazildi.
2016 yil 15-16 mart kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 352-sonli Qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkazildi.
Test sinovlari CEFR talablari asosida B2 darajasi uchun ingliz, nemis, turk, arab va koreys tillaridan, C1 darajasi uchun nemis tilidan o’tkazildi.
Test sinovlarida 32 nomzod ishtirok etdi.
Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatda olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida davom etmoqda (nsfla.uz).
Axborot xizmati