BAYRAM MUNOSABATI BILAN TADBIR O`TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 iyuldagi 127-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunini nishonlash va o‘tkazish tadbirlar rejasiga muvofiq Davlat test markazida 2017 yil 11 dekabr kuni yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini targ‘ib qilish bo‘yicha targ‘ibot guruhining a'zosi Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Qurbonov Mirshod Rustamovich ishtirok etdi. Unda Davlat test markazi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida ma'ruza qilindi. Ma'ruza davomida tarixiy zarurat sifatida konstitutsiyamizning yaratilishi, dastlabki va keyingi shakllari, romano-german huquq tizimi, xalqchilligi, xalqaro tan olinganlik, oldingi yillarda va 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi asosida kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida maxsus yaratilgan slaydlar orqali batafsil ma'lumotlar berildi. Qiziqarli o‘tgan tadbirda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga ma'ruzachi aniq fakt va dalillar asosida to‘liq va batafsil javob qaytardi.
Tadbir do‘stona va savol-javob ruhida o‘tdi.
Axborot xizmati